» » BMT Bosh assambleyasi Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi


BMT Bosh assambleyasi 21-dekabr, payshanba kuni ko‘pchilik ovoz bilan Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Yaman va Turkiya tomonidan tayyorlangan matn AQSh BMT Xavfsizlik kengashida blokirovka qilgan rezolyutsiya loyihasini deyarli to‘liq takrorlaydi.

Qo‘shma Shtatlar Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishiga javob bo‘lgan hujjatni 128 davlat, jumladan, Rossiya, Yevropa va Lotin Amerikasidagi ko‘pchilik davlatlar, arab va islom dunyosi mamlakatlari qo‘llab-quvvatladi.

Hujjatga 9 davlat, xususan, AQSh va Isroil qarshi chiqdi.

Bosh assambleyaning 35 a’zosi ovoz berish chog‘ida betaraf qoldi. Ular qatorida Yevroittifoqning qator davlatlari (Vengriya, Latviya, Polsha, Ruminiya va Chexiya), Avstraliya, Argentina, Kanada va Meksika bor.

Yana 20 davlat, jumladan, Gruziya va Ukraina umuman munosabat bildirmadi va ovoz berish pultidagi uchta tugmadan hech birini bosmadi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют