» » Yaponiya mamlakatning rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqladi

Yaponiya mamlakatning rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqladi


Yaponiya hukumati 2018-yil uchun 5,19 trillion iyena (46 milliard dollar) miqdoridagi mamlakatning rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

2017-yilga nisbatan harbiy xarajatlar 1,3 foizga ko‘payadi. Bu Yaponiya mudofaa budjetining oltinchi bor oshirilishi ekanligi bildirilmoqda.

Mamlakat mudofaa budjeti oshirilishi Shimoliy Koreya raketa va yadro tahdidi fonida raketaga qarshi himoya tizimi mustahkamlanishi zaruriyati bilan izohlanmoqda.

Yaponiya mudofaa budjeti 2012-yilda bosh vazir Sindzo Abe lavozimini egallaganidan beri 10 foizga o‘sdi va hozirda mamlakat yalpi ichki mahsulotining bir foizini tashkil etmoqda.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют