» » Madridning “Atletiko” klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bugun esa “El-Klasiko” bo‘ladi

Madridning “Atletiko” klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bugun esa “El-Klasiko” bo‘ladi


Ispaniya La Ligasining ketma-ket 16 ta turida mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelgan Madridning “Atletiko” klubi, kecha — 22-dekabr kuni bu an’anasiga chek qo‘yishga majbur bo‘ldi.

“Espanyol” mehmoni bo‘lgan Diyego Simeone jamoasi 88-daqiqaga kelib gol o‘tkazib yubordi va uchrashuv yakuniga qadar unga javob bera olmadi. Bungacha madridlik futbolchilar 10 ta o‘yinda zafar quchib, yana 6 tasida durang o‘ynab, turnir jadvalida “Barselona”dan keyin ikkinchi bo‘lib turgandi.

Shu tariqa kuchli beshlik milliy chempionatlarida mag‘lub bo‘lmagan faqatgina 2 ta klub qoldi — “Barselona” hamda “Manchester Siti”. Bugun kataloniyalik futbolchilar ham bu yurishiga chek qo‘yishi mumkin. Boisi, ular “Santyago Bernabeu”da stadionida mamlakatning amaldagi chempioni bo‘lgan Madridning “Real” klubiga qarshi saf tortadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

Bugungi o‘yindagi g‘alabalar “Valensiya”ni turnir jadvalida yana bir bor ikkinchiga aylantirishi mumkin. “Real” hisobida yana 1 ta zaxira o‘yini bor ekanidan kelib chiqilsa, Zidan shogirdlari 100 foizlik natija yordamida “Atletiko”dan o‘zib ketish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Ispaniya La Ligasi

17-tur bellashuvlari

19-dekabr, seshanba

Chetlatishlar: Xose Kampanya, 94+ (mezbon). Nordin Amrabat, 68 (mehmon).

20-dekabr, chorshanba

Gollar: Kala, 6 (1:0). Didye Amat, 15 (2:0).

Gollar: Inyigo Martines, 17 (1:0). Vissam Ben-Yedder, 44 (1:1). Igor Subeldiya, 76 (2:1). Karlos Vela, 90 (3:1).

21-dekabr, payshanba

Gollar: Takasi Inui, 1 (1:0). Sharles, 10 (2:0). David Timor, 26 (2:1). Takasi Inui, 54 (3:1). Xoan Xordan, 92+ (4:1).

Gol: Munir El-Xaddadi, 60 (1:0).

22-dekabr, juma

Gollar: Raul Garsiya, 36-pen (0:1). Zuair Feddal, 85-avt (0:2).

Chetlatish: Xordi Amat, 34 (B).

Gol: Serxio Garsiya, 88 (1:0).

23-dekabr, shanba

“Real Madrid” — “Barselona” 17:00 UzReport

“Valensiya” — “Vilyarreal” 20:15

“Deportivo” — “Selta” 22:30

Опубликовано: admin (23-12-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют