» » Chempionlar xalqaro kubogi. Bugun “Real” va “Barselona” ishtirokida “El-Klasiko” bo‘ladi

Chempionlar xalqaro kubogi. Bugun “Real” va “Barselona” ishtirokida “El-Klasiko” bo‘ladi


Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida ishtirok etuvchi klublar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiroqda. Bugun bir qator qiziqarli o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ular orasida eng qiziqarlisi Ispaniyaning ikki grandi — “Real” hamda “Barselona” to‘qnashuvidir. Chempionlar xalqaro kubogining AQSh turnesida ishtirok etayotgan bu jamoalar o‘zaro saf tortadi. Keyinroq ular Ispaniya Superkubogi g‘olibini aniqlab berish uchun Ispaniyaning o‘zida ikki o‘yin o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. 13-avgust kuni “Real” Kamp Nou”ga, 16-avgust kuni esa “Barselona” “Santyago Bernabeu”ga tashrif buyuradi.

Chempionlar xalqaro kubogida bugun — 29-iyul kuni yana ikki qiziqarli o‘yin bor. AQShda “Manchester Siti” va “Tottenhem” futbolchilari maydonga chiqib kelsa, Singapurda “Chelsi” Milanning “Inter” klubiga qarshi saf tortadi.

Xitoy turnesidan qaytib kelgan Londonning “Arsenal” klubi Emirates Cup turniri doirasida Portugaliyaning “Benfika” klubiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.

29-iyul sanasidan faqatgina 1 ta rasmiy bellashuv joy olgan. Fransiya chempionati starti oldidan mamlakatning ikki yetakchisi — “PSJ” va “Monako” o‘zaro Superkubok g‘olibini aniqlab berish yo‘lida raqobat olib boradi. “PSJ” Fransiya Liga kubogi va kubogida zafar quchgan bo‘lsa, monakolik futbolchilar mamlakat chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют