» » “Amerika go‘zali” tanlovi rahbariyati ishtirokchilarni tahqirlash bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqdi

“Amerika go‘zali” tanlovi rahbariyati ishtirokchilarni tahqirlash bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqdi


Miss America Organization ijrochi direktori, “Amerika go‘zali” tanlovi prezidenti va jyuri raisi tanlov ishtirokchilari tahqirlangan elektron maktublar bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Tanlov tashkilotchilari yozishmalari haqidagi materialni Huffington Post gazetasi chop etdi. Unda ma’lum qilinishicha, “Amerika go‘zali” ijrochi direktori Sem Xaskell o‘z maktublarida tanlov g‘oliblariga nisbatan tahqirlovchi va ayollarni kamsituvchi izohlar qoldirgan.

Tanlovning haqoratlangan g‘oliblari Xaskell va boshqa aloqador rahbarlarni iste’foga chiqishini talab qilgan petitsiyani imzoladi. Shuningdek, ba’zi ishtirokchilar kompaniya rahbari ayol kishi bo‘lishiga umid bildirdi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют