» » Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman kengashlariga saylovlar yakunlandi

Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman kengashlariga saylovlar yakunlandi


Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman kengashlariga saylovlar yakunlandi. Bu haqda shahar saylov komissiyasi raisi H. Karimov ma’lum qildi, deb xabar beradi  O‘zA.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 1 million 188 ming 851 nafar poytaxtlik ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilarning 76,2 foizini tashkil etadi.

Joriy saylovda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati axborot tizimi tajriba tariqasida amalga oshirildi. Yangi tizim bir saylovchining faqat bir ro‘yxatga kiritilishini ta’minlaydi. Ushbu tizimni keyinchalik yanada takomillashtirish va mamlakat saylov amaliyotiga keng tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.

Hozirda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatligiga har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlar saylov uchastkalarida sanab chiqilmoqda.

Saylovning dastlabki natijalari 25-dekabr, dushanba kuni soat 16.00 da o‘tkaziladigan brifingda e’lon qilinadi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют