» » Janubiy Koreyada yonib ketgan fitnes markazi xo‘jayini hibsga olindi

Janubiy Koreyada yonib ketgan fitnes markazi xo‘jayini hibsga olindi


Koreya Respublikasi politsiyasi yong‘in sodir bo‘lib, 29 kishi halok bo‘lgan sport-ko‘ngilochar majmuasi xo‘jayini va komendantini hibsga oldi, deb yozadi “TASS”.

Ularning ikkalasi ham odamlar o‘limiga olib kelgan beparvolikda, shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Politsiya aniqlashicha, yong‘in chog‘ida ikkinchi qavatdagi ehtiyot chiqish eshigi yopiq bo‘lgan, shu tufayli u yerdagi sauna tashrifchilari xonadan chiqib keta olmagan.

Bundan tashqari, bino ichkarisidagi avtomobillar turargohida avtomatik o‘t o‘chirish tizimi ishlamagan, u yerda qisqa tutashuv natijasida yong‘in boshlangan edi. Shuningdek, tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, yuqori qavatlarda noqonuniy ravishda ikkita balkon qurilgan va ular sovuq o‘tkazmaydigan yonuvchan materiallar bilan qoplangan bo‘lib, bu olov tez tarqalishiga sababchi bo‘lgan.

21-dekabr, payshanba kuni kechasi fitnes markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan va yana 29 kishi jarohat olgan. Qurbonlarning aksariyatini binoning ikkinchi va uchinchi qavatida joylashgan saunaga tashrif buyurgan fuqarolar tashkil etgan.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют