» » Amerikalik ayolga elektr haqi uchun 284 mlrd dollarlik hisob chiqarib berishdi

Amerikalik ayolga elektr haqi uchun 284 mlrd dollarlik hisob chiqarib berishdi


Amerikaning Pensilvaniya shtatida yashovchi Meri Xoromanski elektr haqi uchun 284 milliard dollar to‘lash haqida hujjat oldi, deb xabar beradi Fox News telekanali.

Ayolning aytishicha, u Penelec elektr kompaniyasi oldidagi “qarzi”dan xabar topib, shok holatiga tushgan. Business Insider yozishicha, go‘yoki ayol 2018-yil noyabrigacha to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ AQShdagi eng yirik xususiy ish beruvchi — Walmart’ning bozor qiymatidan oshadi.

“Agar biz o‘zimizdagi bor narsalarni sotsak, bu hisobni to‘lash uchun yana 100 yilga yaqin vaqt kerak bo‘ladi”, — deya vaziyatni izohladi Xoromanski.

Ayolning o‘g‘li Penelec’ga qo‘ng‘iroq qilgach, vaziyat hal bo‘ldi. Kompaniyadagilar hisob chiqarib berishda xatolikka yo‘l qo‘yilganini tan oldi, xato tuzatilgach, Xoromanskining qarzi 284 dollarga teng bo‘ldi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют