» » Belarus Respublikasining Rossiya oldidagi qarzi 6,5 milliard dollarni tashkil etmoqda

Belarus Respublikasining Rossiya oldidagi qarzi 6,5 milliard dollarni tashkil etmoqda


Belarus Respublikasining Rossiya oldida qarzi 6,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda “RIA Novosti” bosh vazir Dmitriy Medvedev ishtirok etgan Yervoosiyo hukumatlararo kengashi majlisidagi axborot materiallariga tayanib xabar berdi.

“2017-yil 2-oktabridagi vaziyatga ko‘ra, Belarus Respublikasining davlat kreditlari asosida Rossiya oldidagi qarzi 6,2 milliard dollar va 59,9 milliard rublni (umumiy miqdorda 6,5 milliard dollar) tashkil etadi. Belarusda muddati o‘tgan majburiyatlar mavjud emas”, — deyiladi hujjatda.

Bugungi kunda Minskka Rossiya davlati kreditlarini taqdim etish bo‘yicha sakkiz hukumatlararo bitim mavjud: bittasi eksport bo‘yicha (atom elektrostansiyasini qurishga) hamda umumiy mablag‘i 15 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yettita moliyaviy.

Avgust oyida Rossiya hukumati Belarus Respublikasiga 10 yil muddatga 700 million dollar miqdoridagi davlat kreditini taqdim etishni ma’qullagan edi. Bu mablag‘lar ilgari olingan qarz bo‘yicha Minskga qo‘yilgan majburiyatlarni qayta moliyalashtirish uchun ishlatiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют