» » MOQ O‘zbekiston sport federatsiyalari rahbarlari ishtirokida dopingga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish o‘tkazdi

MOQ O‘zbekiston sport federatsiyalari rahbarlari ishtirokida dopingga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish o‘tkazdi


Milliy olimpiya qo‘mitasida “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi, deb yozdi tashkilot matbuot xizmati. Unda O‘zbekistondagi barcha sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bosh kotiblari, terma jamoalar bosh murabbiylari hamda shifokorlari ishtirok etgan.

Seminarda xalqaro mehmonlar sifatida serbiyalik Milan Mixaylovich, rossiyalik Vladimir Saltikov hamda qozog‘istonlik Kulman Nisanbayeva qatnashdi. Bungacha Milan Mixaylovich “Milliy federatsiyalarda sport administratsiyasi” mavzusida seminar o‘tib bergan bo‘lsa, Saltikov hakamlar bilimini oshirish masalasida ish olib borgan. Mintaqaviy antidoping agentligi vakili hisoblangan Kulman Nisanbayeva esa doping masalasida chiqish qilgan.

MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov seminarni olib borgan. Uning yakunida xalqaro mehmonlarga tashkilot esdalik sovg‘alari topshirilgan.

Qayd etish kerak, 2017-yilning o‘zida sport sohasini rivojlantirishga doir mamlakat prezidentining 9 ta qaror va farmoni e’lon qilingan bo‘lib, bunda nafaqat professional, balki ommaviy sportni ham rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют