» » Umid Ahmadjonov: Vadim Abramov haqida yetarlicha ma’lumot to‘pladik. Uning kabilar o‘zbek futboliga kerak emas

Umid Ahmadjonov: Vadim Abramov haqida yetarlicha ma’lumot to‘pladik. Uning kabilar o‘zbek futboliga kerak emas


O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov “Gazeta.uz” nashri bilan suhbatda bo‘lib, bir qator masalalarda ochiq fikrlar bildirdi.

Prezident, jumladan, futboldan nomuayyan muddatga chetlatilgan Vadim Abramov masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning bayon qilishicha, Abramov kabi eskicha fikrlaydigan mutaxassislarga o‘zbek futbolida joy yo‘q.

Federatsiyada rahbariyat alishganiga 3 oy to‘ldi. 26 yil davomida esa futbol faqat ortga qarab ketgan.

Hozir biz 12 ta jamoa ishtirok etadigan yangi chempionat haqida bosh qotirmoqdamiz. Ba’zilar esa 16 klublik eski formatni qoldirish tarafdori. Aytishlaricha, yana bir yil kutish kerak ekan. Xo‘sh, bu nima beradi? Nega endi yana kutishimiz kerak? 26 yil davomida qotib qolgan futbol nega yana 3—4 yilini yo‘qotishi kerak?

Vadim Abramovning eskicha fikrlashi zamonaviy futboldan ortda qolib ketgan. O‘ylashimcha, o‘zbek futboliga uning kabi insonlar kerak emas. Uning jamoasi 15-o‘rinni qo‘lga kiritib, Pro-Ligaga tushib ketgani uchun ham 16 jamoalik formatni qo‘llab-quvvatlayapti. Chunki quyi ligada ishlashni xohlamayapti. Nega endi vaqtliroq uyg‘onmadi? Agar ishining ustasi bo‘lsa, jamoasini qayta Super Ligaga olib chiqishga urinib ko‘rmaydimi? Ishlashni istamaysanmi, yoshlarga yo‘lni bo‘shat! U bilan kelishaversak, oldinga qadam tashlolmaymiz.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Vadim Abramov o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy va olimpiya termalariga boshchilik qilgandi. Ahmadjonov o‘z intervyusida o‘sha davrlarni ham eslab o‘tgan.

Har bir qadamda FIFA va OFK bilan kelishgan holda, xalqaro tajribadan foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Futboli rivojlangan mamlakatlar futbolini o‘rganmoqdamiz. Abramov esa o‘z vaqtida milliy va olimpiya termalarini boshqargandi. Nega o‘sha vaqtda o‘z g‘oyalarini amalga tadbiq qilmadi? Axir o‘zbek futboli ortga qarab ketayotganini ko‘rib turgandi-ku.

U qolganlarga o‘rnak bo‘lsin. Bizda Abramov qilgan ishlar borasida yetarlicha axborot bor. Tez orada uning kabi talabga javob bermaydigan yana bir qator murabbiylarning litsenziyasini ham tortib olamiz.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Avvalroq tashkilot vitse-prezidenti Shoakram Isroilov ham Abramovning o‘tmishi haqida yetarlicha ma’lumot to‘plangani borasida aytib o‘tgandi. Shundan keyin “Neftchi” klubi ustozi OAVda ko‘rinish berganicha yo‘q. Bugun — 25-dekabr kuni esa “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov iste’foga chiqarildi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют