» » Prezident madaniyat va san’at sohasi rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident madaniyat va san’at sohasi rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi


25-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Prezidentining 22-dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan murojaatnomasida bayon etilgan, jamiyatning ma’naviy yuksalishidagi madaniyat va san’at ahli oldida turgan vazifalarni bajarish bo‘yicha madaniyat vazirligi, badiiy akademiya va ijodiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, bu boradagi ishlarni faollashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Davlat rahbarining “O‘zbekiston badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha jadal ish olib borilmoqda. Shunga qaramay, majlisda badiiy akademiya faoliyatida bir qator kamchilik va muammolar uchrayotgani, ularni tezlik bilan bartaraf etish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Tegishli mutasaddi rahbarlarga P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 400 o‘rinli, respublika dizayn kollejida 200 o‘rinli o‘quvchilar turar-joyini qurish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash yuzasidan topshiriq berildi.

Majlisda madaniyat va san’at sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish g‘oyat muhim vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют