» » O‘zbekiston shaharlarida zirhli texnika va harbiylar paydo bo‘ldi. Bu — festival!

O‘zbekiston shaharlarida zirhli texnika va harbiylar paydo bo‘ldi. Bu — festival!


So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning turli shaharlari ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan zirhli texnika va harbiy xizmatchilarning suratlari tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Masalan, Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni oldida AQSh va Janubiy Afrika Respublikasi hamkorlikda ishlab chiqaradigan RG-33 zirhli transportyorini ko‘pchilik ko‘rgani aniq. Jizzaxdagi markaziy maydonda esa AQShning Oshkosh M-ATV zirhli avtomobili e’tiborga tushdi. O‘sha eski va qadrdon BTRlar bo‘lsa Farg‘onadan tortib Kattaqo‘rg‘ongacha deyarli hamma katta shaharlar ko‘chalariga chiqqan.

20-dekabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni oldida 250 ga yaqin harbiy xizmatchilarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi, harbiy texnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Namoyishga qo‘yilgan texnikalar orasida o‘ziyurar artilleriya qurollari, zirhli transportyorlar, harbiy avtomobillar, zenit qurilmasi kabilar bo‘lgan. Xabar berishlaricha, bu tomoshani 6000 ga yaqin odam kuzatib borgan.

23-dekabr kuni Jizzaxda viloyat hokimligi binosi oldidagi maydonda xuddi shunday tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda 800 ga yaqin harbiy xizmatchi maydon bo‘ylab harbiy orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan yurib o‘tgan, tadbir mehmonlariga 50 dan ziyod harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari ko‘rsatilgan.

25-dekabr kuni Farg‘ona shahridagi San’at saroyi oldida avtomat ko‘targan harbiy xizmatchilar va harbiy texnika parad tarzida olib o‘tilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlarda bu holatdan farg‘onaliklar ham, harbiy xizmatchilar ham xursand ekanini ko‘rish mumkin (aytmoqchi, Toshkent va Jizzaxda ham xuddi shunday manzara).

Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmatining 25-dekabrdagi axborotiga ko‘ra, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Mustaqillik maydonida BTR boshchiligidagi kelgan harbiylarning chiqishlari bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish joiz, internetdagi ma’lumotlar bo‘yicha, bunday tadbirlarning eng birinchisi 15-dekabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan.

Eng asosiysi — tinchlik.

Bayram! Festival! O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, bu yil O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va 2018-yilgi Vatan himoyachilari kuni yangicha formatda — umumxalq bayrami tarzida o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan joylarda “Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida “Armiya va yoshlar” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari va zirhli texnika namoyishlari Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlarida tashkil etilmoqda.

Bu hali hammasi emas — 10—15-yanvar kunlari harbiy xizmatchilar Toshkent va viloyatlar markazlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan yurib o‘tadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri ta’kidlaganidek, “hozirgi bo‘layotgan tadbirlar — paradga tayyorgarlik”.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют