» » O‘zbekiston vazirligidan rossiyalik milliarderga tashakkurnoma, haqorati uchun Andijon shahri hokimiga 5 mln so‘m jarima, Moliya vazirligidagi bo‘shatishlar va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekiston vazirligidan rossiyalik milliarderga tashakkurnoma, haqorati uchun Andijon shahri hokimiga 5 mln so‘m jarima, Moliya vazirligidagi bo‘shatishlar va kunning boshqa muhim xabarlari


26-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosari bir kuni bekor ketganidan xafa bo‘ldi. U yetti soat XPK sessiyasida o‘tirgan. Sessiyaning o‘zi 11 soat davom etgan. AKT vazirligi rahbari 23 yoshli amaldorni qo‘llab-quvvatladi.

2. O‘zbekiston shaharlarida zirhli texnika va harbiylar paydo bo‘ldi. Bu — festival! RG-33 zirhli transportyori va Oshkosh M-ATV zirhli avtomobillarining suratlarini tomosha qiling!

3. Moliya vazirligi bir kunda 50 nafar xodimning ishdan bo‘shatilganini inkor etdi. Lekin uchta boshqarma boshlig‘i ishdan olingani aniq. Va bu hali hammasi emas.

4. Oliy ta’lim vazirligi Enrike Iglesiasning konserti uchun Alisher Usmonovga minnatdorlik bildirdi. “Bizga beg‘araz asosda taqdim etilgan chiptalar davlat stipendiyalari sohiblariga aylangan iqtidorli talabalar hamda ota-onasiz talabalar orasida tarqatildi”.

5. Shov-shuvli “Uchburchak”: “Erim ichib kelib, qizimni yalang‘och vannaga tushishga majbur qiladi”. Farzandi tirik yetim bo‘lishiga rozi mirobodlik ayol hikoyasi; “Erimni ovsinim bilan tutib olganman”. “O‘zbekiston” telekanali xiyonatga uchragan ayollarning so‘zlarini efirga olib chiqdi.

Bonus — Kollej direktorlarini haqoratlagan Andijon shahri hokimi 5 million so‘m jarima to‘laydi. Sud shunday qaror chiqardi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют