» » “Koinot go‘zali 2018”ning o‘zbekistonlik ishtirokchisi 10 yil avval Toshkentdagi birinchi go‘zallik tanlovida qatnashgan (foto)

“Koinot go‘zali 2018”ning o‘zbekistonlik ishtirokchisi 10 yil avval Toshkentdagi birinchi go‘zallik tanlovida qatnashgan (foto)


Jurnalist Maqsad Jangirov O‘zbekistondagi birinchi va yagona go‘zallik tanlovi — Model of the World in Uzbekistan 2008 ga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.

“Toshkentlik qiz “Koinot go‘zali 2018” xalqaro go‘zalli tanlovining 1/8 finali ishtirokchisiga aylangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Uning yuzi tanish tuyuldi. Arxivlarni kovlab ko‘rdim. Topdim. 2008-yil, Toshkent. O‘zbekistondagi birinchi va yagona go‘zallik tanlovi — Model of the World in Uzbekistan 2008”, — deb yozdi jurnalist Facebook’dagi sahifasida.

“Tashkilotchilar ko‘rmay turgan paytda bir nechta kadrlar olishga ulgurdim. O‘sha vaqtda modellarga nisbatan noto‘g‘ri fikrda bo‘lishardi, men esa ular holi-joni qolmay charchaguncha ishlaganini ko‘rdim… Ularga nisbatan hurmatim oshdi. Oradan o‘n yil o‘tdi… ammo ular o‘zlarini bu eski fotosuratlarda taniy oladimi? ‘Koinot go‘zali 2018’ tanlovining toshkentlik ishtirokchisi o‘zini tanib olarmikan?” — deya jurnalist suratlarni ilova qildi.

“O‘zbekistonni sevadiganlar uchun” deb nomlangan guruhga joylangan post ostida mavzu qahramoni — Aziza Nurmuhammedova o‘z izohini qoldirdi va o‘zini taniganini bildirdi.

Îïóáëèêîâàíî: admin (28-12-2017, 09:14)
0 (ãîëîñîâ: 0)
Êîììåíòàðèåâ ïîêà åùå íåò. Âû ìîæåòå ñòàòü ïåðâûì!

Äîáàâèòü êîììåíòàðèé!


vote-iconÎÏÐÎÑ
Êòî âû ïî çíàêó çîäèàêà?

ÊÒÎ ÍÀ ÑÀÉÒÅ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Þçåðû:
- îòñóòñòâóþò
Ãîñòè:
Ðîáîòû:
Ïîñëåäíèå 20 ïîñåòèòåëåé... - îòñóòñòâóþò