» » Iroqda IShID jangarilari hukumat qo‘shinlari va kurdlarga qarshi hujumni boshladi

Iroqda IShID jangarilari hukumat qo‘shinlari va kurdlarga qarshi hujumni boshladi


IShID terrorchilik tashkilotining jangarilari Iroq hududida qarshi hujumlarni boshladi, deb xabar beradi Telegram’dagi Directorate 4 kanali.

Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar Kirkuk va al-Xavija shaharlarining bir qator aholi punktlarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Kirkuk va Tuz-Xurmatudan janubroqda joylashgan peshmerga pozitsiyasiga hujum qilishni davom ettirmoqda. Shuningdek, Samarra shahri janubida ham IShID jangarilari hujum uyushtirganligi haqida xabar berildi. Ayni vaqtda 70 ga odam halok bo‘lgani va bir nechta ko‘ngilli askarlar jarohat olgani ma’lum.

13-dekabr kuni IShID jangarilari Damashq yaqinidagi at-Tadamon tumaniga hujum uyushtirgan edi. IShID vakillarining so‘zlariga qaraganda, ular tumandagi bir nechta asosiy pozitsiyalarni egallab olgan. To‘qnashuv oqibatida bir nechta suriyalik askarlar halok bo‘lgan va jarohat olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют