» » Geymerlarning hazili sabab AQSh politsiyasi bir erkakni otib qo‘ydi

Geymerlarning hazili sabab AQSh politsiyasi bir erkakni otib qo‘ydi


Amerikaning Kanzas shtatida yolg‘on chaqiruv orqali uyga yetib kelgan politsiyachilar bir erkakni otib tashladi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Noma’lum pranker favqulodda xizmatga qo‘ng‘iroq qilib, otasini otib tashlaganini, onasini esa asirlikda ushlab turganligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng u manzilni aytgan.

Aytilgan manzilga politsiyachilar yetib kelgan. Huquq-tartibod xodimlariga eshikni prankning (prank — hazil) tasodifiy qurboniga aylangan Endryu Finch ochgan. Politsiya erkakdan qo‘lini ko‘tarishini so‘raganida Finch o‘zining kamariga qaragan, politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, “odatda u yerda qurol joylashgan bo‘ladi”. Shunda huquq-tartibot ofitserlaridan biri erkakka qarata o‘q uzgan va u buning oqibatida vafot etgan.

Politsiyaning ta’kidlashicha, prankka kompyuter o‘yinlari ishqibozlarining aloqasi bo‘lishi mumkin. Ammo Finch onlayn-o‘yinlarga qiziqish bildirmagan.

The Verge’ning ma’lumotlariga ko‘ra, fojia Call of Duty o‘yinining ikki ishtirokchisi o‘rtasida yuzaga kelgan bahsdan so‘ng sodir bo‘lgan. O‘yinchilardan biri boshqasiga noto‘g‘ri manzilni bergan, u esa 911 ga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu manzilda otasining o‘ldirilgani haqidagi uydirmani so‘zlagan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют