» » Enrike Iglesias konserti chiptalari 5 mln so‘mdan sotildi. Bu pulga yana nimalar qilish mumkin?

Enrike Iglesias konserti chiptalari 5 mln so‘mdan sotildi. Bu pulga yana nimalar qilish mumkin?


Ispaniyalik qo‘shiqchi Enrike Iglesias 28-dekabr kuni “Istiqlol” saroyida konsert berdi. “Daryo” ma’lumotiga ko‘ra, konsert uchun faol yoshlarga bepul tarqatilgan chiptalar olibsotarlar qo‘lida 5 million so‘mgacha sotildi (ijtimoiy tarmoqlarda 7 millionga baholangan chiptalar haqida ham yozildi). Enrike Iglesias konsertining oldi qatoridan bitta chipta olishdan tashqari 5 million so‘mga nimalar qilsa bo‘lardi?

Bu pulga:

— Iglesias sabab bir kuni 2018-yilga ko‘chirilgan Obid Asomov konsertining eng arzon chiptalaridan 333 ta sotib olish mumkin;

— Ta’lim muassasalari rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan kishi 5 million so‘mga 167 200 so‘m qo‘shib, qilgan ishi uchun jarima to‘lashi mumkin;

— 2016-yil davlat budjeti parametrlarida tez tibbiy yordamning 10 352 ta chaqiruvi xarajatini qoplash mumkin edi, 2018-yilda esa 1000 ta chaqiruv xarajatlarini qoplash mumkin bo‘ladi;

— Qariyb 1 tonna shakar yoki 1,5 tonna kartoshka sotib olish mumkin;

— 1315 litr Ai-80 benzin sotib olib, 37 ta Matiz’ning benzin bakini to‘ldirish mumkin;

— Toshkent shahrida 4166 marta jamoat transportlari — avtobus, metrolardan foydalanish mumkin;

— “Avtobus-Metro” oylik yo‘l chiptasidan 30 ta olish mumkin (agar narxlar o‘zgarmasa va oldindan kelasi oylar uchun buyurtma qilish mumkin bo‘lsa, Toshkentda jamoat transportidan 2,5 yil davomida bepul foydalanish mumkin);

— “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotida 4 marta Toshkentdan Dushanbega borib-kelish mumkin;

— Yuridik, Diplomatiya universitetlari bakalavriatida o‘qiyotgan talabaning bir yillik kontrakt pulining yarmini bemalol to‘lash mumkin;

— Murad Buildings’ning eng arzon kvartirasidan 0,71 kvadrat metr (bir kvadrat metrdan ham kamroq) joy yoki Toshkentning Yakkasaroy tumanida esa ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoridan uch xonali kvartiraning bir kvadrat metrini sotib olish mumkin;

— 769 ta 1,5 litrli Coca-Cola sotib olib, eni, bo‘yi, uzunligi 105 santimetr bo‘lgan basseynni to‘ldirish mumkin;

— Agar 346 so‘mi berilmasligiga rozi bo‘lsa, 2017-yil yanvar—sentabr oylarida besh kishiga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lash mumkin edi;

— Ichki xotirasi 16 gigabayt bo‘lgan Xiaomi Redmi 4X smartfonidan beshta sotib olish mumkin;

— UzMobile GSM va UMS’ning 2 gigabaytli internet-paketidan 98 ta, Ucell’ning xuddi shunday internet-paketidan 79 ta, “Bilayn-O‘zbekiston”ning 2 gigabaytli internet-paketidan esa 118 ta sotib olish mumkin;

— SUVAN NET kompaniyasidan 294 ta UZ domen nomini sotib olish mumkin;

— Artel’ning 32 dyuymli oddiy televizoridan uchta yoki Apetito 00-G gaz plitasidan to‘rtta yoki General Mobile 5D smartfonidan beshta olish mumkin.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют