» » Britaniyadagi avtoturargohda 1400 ta avtomobil yonib ketdi

Britaniyadagi avtoturargohda 1400 ta avtomobil yonib ketdi


Britaniyaning Liverpul shahrida 31-dekabr kuni kechqurun 1400 ta avtomobil turgan ko‘p qavatli avtoturargoh yonib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Avtoturargoh otlar xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan Echo Arena ko‘ngilochar maydonchasi yaqinida joylashgan edi.

Yong‘in natijasida dasturdagi yakunlovchi, to‘rtinchi shouni bekor qilib, jonivorlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Mahalliy aholi vakillari o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, dastlab avtomobillardan biri yonib ketgan, keyinroq olov boshqa avtomobillarga ham o‘tgan. Avtoturargohdagi barcha avtomobillar yonib ketgan.

Insonlar va hayvonlar jabr ko‘rmagan.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют