» » Olimlar Alsgeymer kasalligining kutilmagan davosini topdi

Olimlar Alsgeymer kasalligining kutilmagan davosini topdi


Buyuk Britaniyadagi Lankaster universiteti olimlari diabetni davolash uchun mo‘ljallangan dori yosh bilan bog‘liq kasalliklar, shu jumladan, Alsgeymer kasalligiga qarshi kurashish uchun qo‘llanilishi mumkinligini aniqladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Tajribada DNKlarida odamlarda Alsgeymer kasalligi rivojlanishi uchun javobgar bo‘lgan genlar variantlari bo‘lgan transgen sichqonlardan foydalanildi. Neyrodegeneratsiyaning oxirgi bosqichida hayvonlar organizmiga o‘sish omillari analoglarini (GLP-1, GIP va glyukagon) — to‘qimalar rivojlanishini rag‘batlantiruvchi birikmalarni o‘z ichiga oluvchi uchtalik dori kiritildi. Alsgeymer kasalligida odam miyasida ushbu birikmalar tanqisligi kuzatiladi.

Natijalar dori kemiruvchilar miyasida toshmalar sonini kamaytirganini, shuningdek, shamollash va oksidlanish jarayoni darajasini pasaytirganini ko‘ratdi, bu esa asab hujayralari nobud bo‘lishini tormozlaydi.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют