» » Nissan avtomobillari haydovchining fikrini o‘qiy oladigan qurilma bilan jihozlanadi

Nissan avtomobillari haydovchining fikrini o‘qiy oladigan qurilma bilan jihozlanadi


Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida Nissan kompaniyasi mashinani fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradigan Brain-to-Vehicle (B2V) texnologiyasini taqdim etadi. Tizimning qanday ishlashi maxsus simulyator avtomobil orqali ko‘rsatib beriladi, deb xabar berdi “Motor”.

Nissan’ning ma’lum qilishicha, yangi texnologiya mashinani haydashdan zavq olish imkonini beradi. Haydovchining boshidagi elektron qurilma avtomobilni boshqarib ketayotgan odam yaqin vaqt ichida qanday harakatlarni amalga oshirishini oldindan biladi va unga bu borada yordam beradi.

Tizim uch soniya ichida haydovchi rulni qaysi tomonga burmoqchiligini yoki tezroq haydamoqchi ekanligini payqaydi. Shunga bog‘liq ravishda elektron yordamchilar ushbu ma’lumotlar asosida kerakli harakatga oldindan tayyorlanadi va uni tezroq bajaradi. Masalan, shunga o‘xshash texnologiya favqulodda tormozlash va to‘siqlarga duch kelinganida tezda chora ko‘rish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, elektronika kerakli harakatni 0,2—0,5 soniyaga odamdan tezroq bajaradi.

Bundan tashqari, B2V tizimi avtoboshqaruv tizimini yaxshilashda ham yordam beradi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют