» » Daniyada dunyodagi eng qimmat aroq butilkasi o‘g‘irlandi

Daniyada dunyodagi eng qimmat aroq butilkasi o‘g‘irlandi


Noma’lum shaxslar Kopengagendagi bardan narxi 1,3 million dollar bo‘lgan dunyodagi eng qimmat aroq — Russo-Baltique butilkasini o‘g‘irladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Butilka bar egasi Brian Ingberg yerto‘lada tashkil etgan muzeydan o‘g‘irlandi. Ingberga ko‘ra, u aroqni yarim yil avval Rossiyadan ijaraga olgandi.

Butilkaning o‘ta qimmat ekanligi uni tayyorlashga 3 kilogramm tilla va kumush sarflangani bilan izohlanadi. Qolaversa, idish 1912-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni jihozlashda foydalanilgan teri bilan bezatilgandi.

Kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda butilkani yuzini niqob bilan berkitgan beysbolkali ikki erkak o‘g‘irlaganini ko‘rish mumkin.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют