» » Sirdaryoda tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi faoliyat boshladi

Sirdaryoda tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi faoliyat boshladi


Sirdaryo viloyatida tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi faoliyat boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Markaz “Beton-sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan yangidan barpo etilib, barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan 3 qavatli binoning birinchi qavatida faoliyat boshladi.

Ayni paytda markazning konsalting, rieltorlik va boshqa xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, 30 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, soha vakillariga yanada qulaylik yaratish maqsadida o‘nta tijorat bankining viloyat filiali ham ushbu binoda joylashtirildi. Kelgusida tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish turlari kengayib, sifati yanada takomillashadi. Bu esa ishlab chiqarishning kengayishiga, mahsulot turi va sifati ortishiga, ko‘plab yangi ish o‘rinlari ochilishiga zamin yaratadi.

Binoning 2 va 3-qavatlari yangilangan loyihalar asosida barpo etilayotgan aholi turar joylari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda u yerda so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют