» » Rossiya va Xitoy chegarasida ulkan muz devori hosil bo‘ldi (video)

Rossiya va Xitoy chegarasida ulkan muz devori hosil bo‘ldi (video)


Rossiya chegarasi yaqinidagi Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasida joylashgan Xanka ko‘lida balandligi qariyb 20 metr bo‘lgan muz devor yuzaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hayratlanarli “inshoot” tabiiy kelib chiqishga ega. Devor turli kattalikdagi muz bo‘laklarini ko‘lning sharqiy qirg‘og‘iga haydab kelgan kuchli shamol sababli paydo bo‘lgan. Dastlab uning balandligi uch-to‘rt metrdan oshmagan, biroq keyin u 20 metrdan baland bo‘lib ketgan. Tabiiy to‘siqning uzunligi esa bir necha o‘n kilometrga yetadi.

Xanka ko‘lidagi meteorologik stansiya rahbari Syuy Chjanning so‘zlariga ko‘ra, bunday muz devor kamdan-kam hosil bo‘ladi. Buning uchun uzoq vaqt hukm suradigan past harorat, kuchli shamol va ko‘ldagi suvning yuqori qatlami harakati kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 05:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют