» » Turkiya sharqida IShIDga aloqador 26 kishi hibsga olindi

Turkiya sharqida IShIDga aloqador 26 kishi hibsga olindi


Turkiya sharqidagi Bingyol viloyatida yarim yilga yaqin muddat ichida xavfsizlik xizmatlari IShID terrorchilik guruhiga aloqadorligi gumon qilinayotgan 26 kishini qo‘lga oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Bingyol viloyati xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasi milliy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlikda butun mamlakat bo‘ylab 2017-yilning 24-iyulidan 28-dekabrigacha harbiy operatsiya o‘tkazdi.

Reydlar davomida “xudkush kamari”, portlovchi moddalar tayyorlash uchun ishlatiladigan texnika, 4,6 ming dollar va ov qurollari musodara qilingan.

IShIDga aloqador shaxslarni tutish operatsiyasi esa Bingyol, Istanbul, Adana, Izmir va Kilis viloyatlarida o‘tkazildi.

Qo‘shni Suriya va Iroqda IShID ishtirokida qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan so‘ng turkiyalik huquq-tartibot organlari mazkur terrorchilik guruhi faoliyatiga aloqadorlikda gumonlanayotgan besh mingdan ortiq kishini hibsga oldi.

95 ta mamlakatning 3 ming 290 nafar fuqarosi deport qilindi, qariyb 38 ming kishiga Turkiyaga kirish taqiqlandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют