» » Huawei Mate 10 Pro modeli Android’da ishlaydigan eng yaxshi smartfon deya tan olindi

Huawei Mate 10 Pro modeli Android’da ishlaydigan eng yaxshi smartfon deya tan olindi


Ekspertlar Xitoyning Huawei Mate 10 Pro modelini Android’da boshqariluvchi eng yaxshi zamonaviy smartfon deya tan oldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Android Authority portal tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli sinovlar o‘z ichiga smartfonlarning texnik tavsiflarni, ishlash tezligini, akkumulyator imkoniyatlari, narxi, shuningdek, kamerasining tiniqligini hisobga olgan. Shu bilan birga suratlar sifati foydalanuvchilar ovozi orqali aniqlangan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Huawei Mate 10 Pro finalda 361 ball to‘plab, Samsung Galaxy Note 8 flagmanini bir necha ballga (Janubiy Koreya smartfoni 354 ball to‘plagan) ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni esa 337 ball bilan OnePlus 5T flagmani egalladi.

Bundan tashqari ro‘yxatdan Nokia 8, LG V30, Pixel 2 XL, Moto Z2 Force, Sony Xperia XZ1, Razer Phone va BlackBerry KEYone Black modellari o‘rin oldi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют