» » Toshkent viloyati hokimi tayinlandi

Toshkent viloyati hokimi tayinlandi


Oldin xabar qilinganidek, 5-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifini boshladi. Ayni paytda davlat rahbari ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Xabar berilishicha, shu paytgacha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan G‘ulomjon Ibragimov? Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi.

G‘ulomjon Ibragimov 1958-yili Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. U 1980-yilda Toshkent politexnika institutini, 2003-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy ishbilarmonlik maktabini tamomlagan.

Ancha yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004–2010-yillarda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010-yildan beri O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 2017-yil noyabr oyidan boshlab Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Toshkent viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Shukrullo Boboyev 30-oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida tashkil etilgan videoselektorda ishdan olingan edi. Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida Boboyevning ishdan olinishiga viloyatda 2017-yilgi terim mavsumida paxta hosiliga qo‘shib yozish holatlari qayd etilgani sabab bo‘lgani haqida gapirib o‘tgandi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют