» » Yangi yil kechasi Ginnes rekordlar kitobiga kirgan Dubaydagi lazer shousi qayta namoyish etilmoqda (video)

Yangi yil kechasi Ginnes rekordlar kitobiga kirgan Dubaydagi lazer shousi qayta namoyish etilmoqda (video)


Yangi yil kechasida “Eng keng ko‘lamli lazer va tovush shousi” sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan Light Up 2018 Dubayda hafta oxirigacha qayta namoyish etiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Light Up 2018 ilk bor dunyodagi eng baland inshoot — Burj Xalifadagi an’anaviy mushakbozlik o‘rniga namoyish etildi. Tomoshabinlar taxminan 5 daqiqa davomida minora, unga qo‘shni osmono‘par binolar, mashhur o‘ynovchi favvoralarda lazer proyeksiyalarni kuzatdi. Shou milliy ramzlar bilan to‘la bo‘lib, uning yarmida minorada parvoz qilayotgan ulkan lochin tasviri paydo bo‘ldi.

Oldingi shunday rekord Gonkongda 2013-yilda qayd etilgan va lazer proyeksiyasi maydoni 46 ming kvadrat metrdan oshgandi. Dubay shousi bundan ikki barobar ko‘p — 109 ming kvadrat metr maydonni egalladi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 22:29)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют