» » Fotogalereya: Ginnes kitobidan joy olgan eng g‘aroyib rekordlar

Fotogalereya: Ginnes kitobidan joy olgan eng g‘aroyib rekordlar


Ginnes rekordlar kitobining navbatdagi 63 nashri chop etildi. “RIA Novosti” ushbu kitobdan o‘rin olgan eng g‘aroyib rekordlarning ayrimlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

“Ayol qo‘llaridagi eng uzun tirnoqlar” yo‘nalishi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan texaslik Ayanna Uilyams joy olgan. U tirnoqlarini 23 yildan beri o‘stiradi, hozirda uning qo‘llaridagi tirnoqlarining umumiy uzunligi 576,4 santimetrga teng.

Butun dunyodagi uy mushuklari orasida eng dumi uzuni Singus hisoblanadi. Uning dumini uzunligi 44,66 santimetrga teng.

Dunyodagi eng ko‘p momiq ayiqchalar kolleksiyasi (8025 dona) Janubiy Dakotada joylashgan.

Kaliforniyalik 85 yoshli Jim Arrington dunyodagi eng qari sportchi hisoblanadi. U bodibilding bilan 70 yildan beri shug‘ullanadi.

Benni Garlem — dunyodagi eng baland soch turmagiga ega shaxs. Uning soch turmagini balandligi 52 santimetrga teng.

Dunyodagi eng yaxshi basketbolchi quyon sifatida to‘rt yoshli Bini tan olingan. U bir daqiqada yetti marotaba koptokni savatga tashlashi mumkin.

Freddi — dunyodagi eng baland kuchuk. Uning balandligi 1,035 metrga teng.

Germaniyalik Andre Ortolf jele yeyish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. U bir daqiqa ichida 716 gramm jele yeyishga muvaffaq bo‘lgan.

Xanter Even bir soatda 910 ta pufakni ishirib Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.

Natan Savayya Ginnesning rekordlar kitobidan LEGO konstruktori qismlaridan foydalanib “betmobil”ni yaratgani uchun joy olgan. U ushbu mashinani yaratishga uch oy davomida 500 ming LEGO o‘yinchoqlarini satflagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют