» » Qozog‘istonning moliyaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari O‘zbekiston bozorini o‘rganishga kirishdi

Qozog‘istonning moliyaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari O‘zbekiston bozorini o‘rganishga kirishdi


Qozog‘istonning moliyaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi bir necha kompaniyasi O‘zbekiston bozorini o‘rganishga kirishdi. Bu haqda Silkway Ventures xoldingining marketing bo‘yicha direktori Jenis Muxiyev ma’lum qildi, deb xabar beradi “Spot.uz”.

Uning aytishicha, O‘zbekiston bozoriga chiqish Qozog‘istonning moliyaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari uchun 2018-yildagi asosiy maqsadlardan biri.

“Kutilayotgan qiziqarli loyiha va tashabbuslardan biri Qozog‘istonning soha bo‘yicha loyihalarini xalqaro bozorlar, jumladan, ochiq bo‘lib borayotgan O‘zbekistonga ekspansiyasini davom ettirishdan iborat. Bir necha kompaniyalar qo‘shni bozorni o‘rganmoqda va qo‘shma biznesni ishga tushirish uchun sheriklar izlamoqda”, — dedi Muxiyev.

O‘tgan yil noyabr oyida O‘zbekiston bozoriga “Processing.kz” ekvayring servisi chiqishni mo‘ljallanayotgani ma’lum bo‘lgandi, dekabrda esa Ticketon.kz onlayn-chiptalar servisi sinov tantibida ish boshladi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 6) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют