» » Nazarboyev kelgusida Olmaota va Ostonada faqat elektromobillar harakatlanishiga erishish zarurligini bildirdi

Nazarboyev kelgusida Olmaota va Ostonada faqat elektromobillar harakatlanishiga erishish zarurligini bildirdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi yirik shaharlar aholisi kelgusida elektromobillarni tanlashiga erishish zarurligini bildirdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

“Elektr stansiyalar, xususiy uy-joyni gazlashtirish, jamoat va xususiy avtotransportini gazga o‘tkazish borasidagi ishlarni davom ettirishimiz lozim. Kelgusida Olmaota va Ostonada faqat elektromobillar harakatlanishiga erishishimiz kerak”, — dedi Nazarboyev Olmaota meri Baurjon Baybek bilan uchrashuvda.

Uchrashuvda shaharni rivojlantirish masalalari, ekologik muammolar ham muhokama etildi.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti shahar aholisining 2 milliondan oshishi nafaqat iqtisodiy jihatdan o‘zini ta’minlash, balki kichik va o‘rta biznes uchun ham yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Olmaota aholisi hozirgi kunda 1,7 million kishini tashkil etmoqda.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют