» » Nursulton Nazarboyev: Ostonadagi muzokaralar Suriyadagi urushning tugatilishiga asos bo‘lib xizmat qildi

Nursulton Nazarboyev: Ostonadagi muzokaralar Suriyadagi urushning tugatilishiga asos bo‘lib xizmat qildi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Suriya masalasi bo‘yicha Ostonada bo‘lib o‘tgan muzokaralar mamlakatdagi zo‘ravonliklarning to‘xtatilishiga va mojarodan keyin uning taqdirini hal qilishda asos bo‘lib xizmat qilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Vesti Kavkaza”.

Qozog‘iston davlati rahbari bu kabi fikrni xorijiy davlatlar elchilariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimidagi nutqida bildirdi.

Suriya masalasi bo‘yicha oltinchi xalqaro uchrashuv 14—15-sentabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan edi. Unda may oyidan buyon Suriyada tashkil etilayotgan to‘rtta deeskalatsiya zonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Qozog‘iston poytaxtida Suriya masalasi bo‘yicha oltita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida Suriya hukumatining demokratik kuchlari va muxolifat vakillari o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga erishildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют