» » Qozog‘iston TIV: Damashq va muxolifat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

Qozog‘iston TIV: Damashq va muxolifat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda


Ostonada Damashq va muxolifat o‘rtasida bevosita muzokaralar o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi “TASS” Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Afrika bo‘limi direktori Aydarbek Tumatovga tayanib.

“Barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda, — dedi u. — Hozircha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lmadi. Natijalarni kutamiz”.

U, shuningdek, Ostonadagi Suriya bo‘yicha uchrashuvda to‘qqizta muxolifat guruhlari qatnashayotganini aytdi.

Muxolifat delegatsiyasiga “Jaysh al-Islom” vakili Muhammad Allyush rahbarlik qilmoqda.

Tumatov uchrashuvda yakuniy bayonot va yarashuvni monitoring qilish bo‘yicha tezkor guruhni yaratish haqidagi nizom loyihalari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, uchrashuv ishtirokchilari muzokaralarni 16-fevralda yakunlab, aniq qarorlar qabul qilish niyatida.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют