» » Moskva metrosida yil davomida 17 mingdan ortiq qurol tutib qolindi

Moskva metrosida yil davomida 17 mingdan ortiq qurol tutib qolindi


Xavfsizlik choralari kuchaytirilgani sababli o‘tgan yili Moskva metrosida 17 mingdan ortiq qurol tutib qolindi. Bu haqda shahar merining o‘rinbosari Maksim Liksutov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Yo‘lovchilarni metroga kirishda individual tartibda tekshirish olib yurish man etilgan 260 mingdan ortiq xavfli buyumni aniqlash imkonini berdi. Bu 2016-yilga nisbatan uch barobar ko‘p. Aniqlangan xavfli buyumlar qatorida 17 mingdan ortiq turli xil qurol bor”, — dedi Liksutov.

Xavfsizlik xizmati inspektorlari yangi maxsus qurilma yordamida Moskva metrosining barcha 207 bekatida 84 milliondan oshiq kishi, 42 million yukni tekshiruvdan o‘tkazdi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют