» » Venesuela parlamenti: Mamlakatda 2017-yili inflyatsiya 2600 foizni tashkil etdi

Venesuela parlamenti: Mamlakatda 2017-yili inflyatsiya 2600 foizni tashkil etdi


2017-yil dekabrida Venesuelada iste’mol narxlari 85 foizga o‘sdi, yil mobaynida to‘plangan inflyatsiya 2616 foizni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat parlamentining moliya va iqtisodiy rivojlanish komissiyasi rahbari Rafael Gusman ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Prezident Nikolas Maduroga muxolifatdagi koalitsiya vakiliga ko‘ra, Venesuela 2017-yilda giperinflyatsiya qayd etilgan dunyodagi yagona davlat bo‘ldi.

“Dekabrdagi 85 foizli inflyatsiyaning o‘zi Lotin Amerikasidagi boshqa barcha davlatlardagi inflyatsiyani jamlaganda ham ko‘p. Bunga Markaziy bank hukumatni moliyalashtirish uchun pullarni chop etishda davom etayotgani sabab bo‘lmoqda”, — dedi Gusman.

Deputat rasmiylar muxolifat taklif etayotgan choralardan inobatga olmagan taqdirda 2018-yili mamlakatda inflyatsiya 14 ming foizga yetishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют