» » Julian Assanj Ekvador fuqaroligini oldi

Julian Assanj Ekvador fuqaroligini oldi


WikiLeaks asoschisi Julian Assanj 2017-yil 12-dekabrda Ekvador fuqaroligini oldi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mariya Fernandu Espinoza ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Espinoza Assanjga fuqarolik berilishi Britaniya politsiyasi tomonidan hibsga olinishiga qanday to‘sqinlik qilishi mumkinligini izohlamadi.

Oldinroq vazir Ekvador Buyuk Britaniya bilan Assanjning maqomi xususida kelishib olishga urinayotganini bildirgandi. O‘z navbatida, Britaniya TIV Ekvadordan olingan Assanjga diplomatik daxlsizlik taqdim etish haqidagi so‘rovga rad javobi berilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, WikiLeaks asoschisi 2012-yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida istiqomat qilib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют