» » Shohjahon Ergashevning Soni Fredriksonga qarshi jangi ilk bor o‘zbekistonliklar uchun namoyish etiladi

Shohjahon Ergashevning Soni Fredriksonga qarshi jangi ilk bor o‘zbekistonliklar uchun namoyish etiladi


O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashevning professional ringdagi 12-jangi mamlakat telekanallarida ilk bor namoyish etiladi.

13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 08:00 da ringga ko‘tariladigan Shohjahon Ergashev ishtirokidagi jangni Sport-TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin. Bunda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi boshqa bir yengilmas bokschi — amerikalik Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqadi.

Fredrikson professional boksda 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. 12 ta jangini nokaut bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur jangdagi g‘alaba Shohjahon Ergashevni o‘z vazn toifasida kuchli 10 talikka olib kirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют