» » Toshkent viloyatidagi besh hududning bosh soliqchilari, uch tumanning bosh moliyachilari ishdan olindi

Toshkent viloyatidagi besh hududning bosh soliqchilari, uch tumanning bosh moliyachilari ishdan olindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5—6-yanvar kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida 2017-yilning to‘rtinchi choragi uchun mahalliy byudjet daromadlari rejasi ijrosini ta’minlamagan tuman va shahar moliya, soliq organlari va bank boshqaruvchilari faoliyatiga tanqidiy baho berish bo‘yicha topshiriq bergan edi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Topshiriqqa muvofiq, mahalliy byudjet daromadlari rejasi ijrosini ta’minlamagan viloyatning 10 ta tuman (shahar) moliya, soliq va bank rahbarlari faoliyati tanqidiy o‘rganib chiqilgan.

“O‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyatini samarali tashkil eta olmagan, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni bajarishda mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik qilgan 3 nafar moliya bo‘limi mudir, 3 nafar bank boshqaruvchisi hamda 5 nafar soliq xizmati organi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Xabarda gap aynan qaysi hududlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan, shuningdek, ishdan bo‘shatilganlarning ism-shariflari ma’lum qilinmagan.

Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarni to‘liq ta’minlamagan 7 nafar moliya bo‘limi mudiri hamda 5 nafar soliq xizmati rahbarlariga ish haqidan jarima qo‘llanilgan. Ular 2018-yil birinchi choragi yakuniga ko‘ra faoliyatida jiddiy o‘zgarish qilmagan taqdirda, egallab turgan lavozimidan ozod etilishi to‘g‘risida jiddiy ogohlantirilgan.

O‘zA bunda ham gap qaysi hududlar va kimlar haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq Prezident raisligida 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida Bo‘stonliq tumani hokimi bilan birga hududning bosh soliqchisi, shuningdek, viloyatdagi to‘rtta tumanning soliq va moliya rahbarlari ishdan olingani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют