» » Yaponiyadagi qor bo‘ronlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 16 kishi og‘ir jarohatlandi

Yaponiyadagi qor bo‘ronlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 16 kishi og‘ir jarohatlandi


Yaponiyaning g‘arbiy qismiga yopirilgan qor bo‘ronlari oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, kamida 16 kishi og‘ir darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Insonlar o‘limi bilan yakunlangan baxtsiz hodisalar Yaponiyaning Xonsyu oroli g‘arbidagi Fukui va Isikava prefekturalarida yuz bergan.

Eng ko‘p jabrlanuvchi Isikavada qayd etilgan. U yerda kamida 11 kishi jarohatlangan. Toyama prefekturasida uch kishi, Fukuida ikki kishi tan jarohati olgan.

Mamlakatning alohida hududlarida qor qoplamining qalinligi 80 santimetrga yetgan, buning natijasida jamoat transporti ishi izdan chiqqan.

Yaponiyaning Xokkaydo orolida esa politsiyachilar o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga yagona kirish imtihonlarini topshirish joylarini muntazam olib borishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют