» » Farg‘ona IIB qoshida kutubxona ochildi

Farg‘ona IIB qoshida kutubxona ochildi


Farg‘ona viloyat IIB qoshida tashkil etilgan kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev, viloyat IIB boshlig‘i Rahmatjon Mamatov, viloyat prokurori Sadriddin Turdiyev, IIB shaxsiy tarkibi va faxriylari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Boshqarma qoshida kutubxona tashkil etilishi bejiz emas. Kitob o‘qimay, kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirmay hech narsaga erishib bo‘lmasligini bugungi kunning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari ham faoliyatimiz, xalq bilan ochiq muloqot qilish, eng asosiysi, dunyoqarashimiz, fikrlash doramizni kengaytirish, farzandlarimiz, kasbdoshlarimizga namuna bo‘lishda albatta kitobga murojaat qilishimiz lozim”, — deydi viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmatjon Mamatov.

Viloyat IIB kadrlar boshqarmasi hamda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida “Men kitob o‘qishni sevaman” shiori ostida aksiya va ko‘rik-tanlov o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Farg‘ona kitob olami” ma’rifiy majmuasi tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют