» » 2017-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 1,5 million so‘mni tashkil etdi

2017-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 1,5 million so‘mni tashkil etdi


2017 yil yanvar—dekabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so‘mni tashkil etdi. Bu 2016-yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga ko‘p, deya xabar beradi UZ24.

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, o‘rtacha ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari moliya va sug‘urta sohasida (2 694,1 ming so‘m, respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 85,4 foizga oshiq), axborot va aloqada (2 498,5 ming so‘m, 71,9 foiz), sanoatda (2 091,7 ming so‘m, 43,9 foiz), tashish va saqlashda (1 945,8 ming so‘m, 33,9 foiz) va qurilishda (1 808,4 ming so‘m, 24,4 foiz) qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (1 986,5 ming so‘m, respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 foiz), Navoiy (1 926,5 ming so‘m, 132,6 foiz) va Toshkent viloyatlarida (1 559,7 ming so‘m, 107,3 foiz) kuzatildi.

O‘rtacha oylik ish haqining eng past miqdori Namangan (1 140,5 ming so‘m, 78,5 foiz) va Samarqand viloyatlariga (1 157,3 ming so‘m, 79,6 foiz) to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2017-yili O‘zbekistonda kishi boshiga o‘rtacha daromad 5,8 million so‘mni tashkil etgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют