» » Xo‘rlangan britaniyalik ayol oila uchun 100 kg dan ko‘proq vazndan xalos bo‘ldi

Xo‘rlangan britaniyalik ayol oila uchun 100 kg dan ko‘proq vazndan xalos bo‘ldi


Vazni 190 kilogramm bo‘lgan britaniyalik ayol bolali bo‘lish va doimiy xo‘rlashlarni to‘xtatish uchun 76 kilogrammgacha ozdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Bristollik 27 yoshli Emi Merfi doimiy ravishda ko‘p ovqat yegan, lekin o‘z o‘lchamlari sababli bolali bo‘la olmasligidan qo‘rqqan. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazn uning sog‘lig‘iga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Atrofdagilar ayolning semizligi uchun uning ustidan doimiy kulgan. Uning ozish haqida qat’iy qarorga kelishiga avtobusda 45 daqiqa davomida besh nafar erkakning uni masxara qilgani sabab bo‘lgan.

U ozish uchun operatsiyani boshidan o‘tkazgan va parhez tutgan. Operatsiyadan so‘ng u faol ravishda sport bilan shug‘ullangan. Natijada 114 kilogramm vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘lgan va ozishda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 05:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют