» » Buyuk britaniyalik yigit sevgan qizini ishga olib bormaslik uchun o‘z mashinasini jundor itga aylantirdi (foto)

Buyuk britaniyalik yigit sevgan qizini ishga olib bormaslik uchun o‘z mashinasini jundor itga aylantirdi (foto)


Buyuk britaniyalik Sem Vellman o‘z avtomobilini jundor itga aylantirdi. Vellmanning sevgan qizi undan doimiy ravishda ishga olib borib qo‘yishni so‘ragani bunga sabab bo‘lgan. Mashinaning tashqi ko‘rinishi sababli qiz unda yurishdan tortinadi va ishga jamoat transportida yetib oladi. TJournal avtomobilning suratlarini taqdim etdi.

Mashina bu ko‘rinishda qariyb bir yildan beri yuribdi va shu sababli u biroz kir bo‘lgan. Vellmanning hikoya qilishicha, u ulovga itning vovillagan ovozini ham o‘rnatgan, qiz esa hammasidan ko‘ra ana shu ovozni yoqtirmaydi. Yigit Rojdestvo bayramida mashinani bug‘uga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Politsiyachilar noodatiy mashinani tez-tez to‘xtatadi, biroq tezda qo‘yib yuboradi, chunki bezakda qonunga qarshi hech narsa yo‘q. Ba’zan politsiyachilar avtomobil bilan suratga tushadi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют