» » Foto: Ko‘cha daydisidan Instagram yulduziga aylangan it

Foto: Ko‘cha daydisidan Instagram yulduziga aylangan it


Papay laqabli itning egasi Ayvi Dipning hikoya qilishicha, u itni 2014-yilda ko‘chadan topib olgan. It holdan toygan, isqirt holatda, muzlab qolayotgan edi. Papay tezda Ayvining oila a’zolari bilan chiqishib ketdi va o‘z egasining hamrohiga aylandi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ayvi itni restoranga olib borib, buyurilgan ovqatlar bilan suratga olishga qaror qildi. Biroz vaqtdan so‘ng Ayvi Papayning Instagramdagi akkauntini ochdi va Los-Anjeles restoranlarida olingan suratlarni joylashtira boshladi.

Ayvining so‘zlariga ko‘ra, suratga olish vaqtida, yonida ovqat turganiga qaramasdan, Papay o‘zini yaxshi tutadi, Itni restoranga olib borgan vaqtda u o‘zi bilan Papayning maxsus ovqatini oladi. Restoranda buyurtirilgan ovqatlar Papay uchun emas.

Hozirgi vaqtda Papayning Instagram’dagi kuzatuvchilari 220 mingdan ortiq. Shuningdek, Ayvi itning suratlari tushirilgan suvenirlar sotib olish mumkin bo‘lgan internet do‘konni ishga tushirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют