» » Shafqatsizlik va uning oqibatlari: Toshkentlik fuqaro kuchugini kaltaklagani uchun 10 kunga qamaldi

Shafqatsizlik va uning oqibatlari: Toshkentlik fuqaro kuchugini kaltaklagani uchun 10 kunga qamaldi


Joriy yilning 2-yanvar kuni toshkentlik fuqaro Aziz Akbarxo‘jayev kuchugini shafqatsizlik bilan kaltakladi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, bu uning itini kaltaklash bilan bog‘liq birinchi holat emas, deb yozadi “Nuz.uz”.

Itning egasi ikki yil davomida himoyasiz hayvon bilan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan va uni ochlik bilan qiynagan.

Son suyagi singan nemis ovcharkasi yomg‘ir ostiga bog‘lab qo‘yilgan. Uni davolash uchun berish haqidagi iltimoslarga erkak haqoratli javob qaytarib, uni namoyishkorona kaltaklagan. IIB Mirzo Ulug‘bek tumani jinoyatlarni oldini olish bo‘limi xodimlarining tezkor harakatlari tufayli volontyorlar hayvonni olib ketishga erishdi.

“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati asoschisi va “O‘zbekistonda uysiz hayvonlarni himoya qilish jamiyati” direktori Kseniya Kapirina hamda boshqa volontyorlar ko‘magida ish sudgacha yetkazildi.

Oqibatda itning shafqatsiz egasi o‘n kunga vaqtinchalik saqlash izolyatoriga hukm etildi.

Veterinar Vladimir Vladlenovich Chyorniy bir nechta operatsiya o‘tkazganiga qaramasdan, itning hayotini saqlab qolishga erisha olmadi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют