» » Qashqadaryodagi “Chak-chak” muntazam YPX maskanining faoliyati to‘xtatildi

Qashqadaryodagi “Chak-chak” muntazam YPX maskanining faoliyati to‘xtatildi


O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi murojaati va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 23-dekabr kunidagi ko‘rsatmasiga asosan, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joylashgan “Chak-chak” muntazam YPX maskanining faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz” avtomobil yo‘lining 1,335 kilometrida Surxondaryo viloyatining “Darband” YPX maskani joylashganligi, hozirgi kunda “Chak-chak” muntazam YPX maskani faoliyat olib borayotgan joyda xodimlarning xizmat o‘tashlari uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emasligi inobatga olinib, ushbu YPX maskanining faoliyati “maqsadga muvofiq emas”, deb topildi va faoliyati to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют