» » Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?

Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?


Ha, bir necha soat to‘xtamasdan smartfon ekraniga qarash zararli ekanligidan xabarimiz bor. Ko‘rish qobiliyati buziladi, konsentratsiya pasayadi, shuningdek ko‘k chiroq uyqu davrlari va sergaklikning buzilishiga olib keladi. Lekin ma’lum bo‘lishicha, bu hali hammasi emas ekan.

Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ekranlardan tarqaladigan ko‘k chiroq quyosh nurlari kabi terining bevaqt qarishini keltirib chiqarish xususiyatiga ega ekan. Ya’ni smartfon ekranlari ajinlar va pigmentatsiyaning paydo bo‘lishida, himoya funksiyasining buzilishida aybdor bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar hozircha yakunlanmagan, lekin bu yerda SPF’li kremlar yordam berolmasligi aniq.

Shuning uchun kosmetik kompaniyalar HEV belgisi ostida himoyalovchi vositalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Anchadan beri G‘arb kosmetologlarida Tech Neck termini paydo bo‘ldi. Buni o‘zbek tiliga “texnobo‘yin” deb tarjima qilish mumkin. Gadjet ekraniga qarayotgan holatingizni ko‘z oldingizga keltiring. Gavda bukilgan, bo‘yin egilgan,  bosh haddan tashqari engashtirilgan, iyak o‘mrov suyagigacha tushgan. Gavdaning bunday holati oqibatida tezda quyidagi muammolar paydo bo‘ladi:

Hech bo‘lmasa dam olish kunlari pochtani o‘qish va ijtimoiy tarmoqlar tasmasini ko‘rishdan voz kechish.

Agar ko‘p vaqtingizni qo‘lda smartfon bilan o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, bir nechta qoidalarga rioya qiling.

Agar yoshingiz 25 dan oshgan bo‘lsa, yuz va bo‘yin shakllari uchun mustahkamlovchi kremlardan foydalanishni boshlang.

Manba: “Layfxaker”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют