» » Smartfonning zararlari: haqiqatmi yoki uydirma?

Smartfonning zararlari: haqiqatmi yoki uydirma?


Smartfonlarning zarari haqida aytilayotgan gaplarning hammasiga ham ishonish kerak emas, ammo sevimli texnikamiz haqiqatda sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan jismoniy kasalliklar ham mavjud. Ularni orttirib olish xavfi esa juda katta.

Ko‘z kompyuterga nisbatan smartfondan ko‘proq aziyat chekadi — kichik ekrandagi mayda harflarni nimqorong‘i metro vagonida o‘qishga urinish asoratsiz bo‘lmaydi. Natijada oftalmologlar “quruq ko‘z sindromi” deb ataydigan muammo yuzaga keladi, bunda ko‘z og‘rib, shilliq parda qurib ketadi, ko‘z oqi esa qizaradi.

Smartfonlar qadni tik tutib turishimizga to‘sqinlik qiladi. Ko‘zni pastga — ekranga qaratib, siz boshingizni egasiz va natijada belga og‘irlikni ko‘paytirasiz. Pastga tushirilgan bosh miyaning qon bilan normal ta’minlanishiga to‘sqinlik qiladi, oqibatda esa qattiq charchash va besabab bosh og‘riqlaridan azob chekasiz.

Smartfon doimiy ravishda tanangizni “nurlantirib turadi” — buni sezmasligingiz mumkin, lekin uning oqibatlarini sezmasdan qolmaysiz. Masalan, sizning uyqu va uyg‘oqlik sikllaringiz buziladi, natijada esa sizda uyqusizlik yuzaga keladi. Shuningdek, telefonni yoningizda olib yotsangiz ham, u uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi: ekranning yuqori darajada yorqinligi miyaga hali ham kunduzgi vaqt davom etayotgani haqida yolg‘on xabar yuboradi, natijada melatonin uyqu garmonini ishlab chiqarish pasayadi.

Gadjetning elektromagnit nurlanishi yurakka ham ta’sir qilishi mumkin. Ushbu elektromagnit to‘lqinlar bilan uchrashgan vaqtda eritrotsitlardagi (qizil qon tanachalari) gemoglobin konsentratsiyasi pasayadi. Gemoglobinsiz esa ular o‘zlarining asosiy funksiyasi — kislorod tashishni bajara olmaydi. Bundan birinchi bo‘lib yurak azob chekadi — taxikardiya va sistolik shovqin paydo bo‘lishi mumkin.

Manba: Men’s Health

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют