» » Samarqand shahridagi muzlagan yo‘llar qachon tozalanadi?

Samarqand shahridagi muzlagan yo‘llar qachon tozalanadi?


Qish qishligini qilib qor ham yog‘di. Qorni intiq kutibmizu havo harorati pasaygach, kommunal xizmat ko‘rsatishda muammolar yuzaga kelishini o‘ylamagan ekanmiz. Hatto soha mas’ullari ham bu haqda bosh qotirmagan ko‘rinadi, deya xabar beradi  O‘zA.

Bugun ertalab soat 8:00 gacha Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek, Beruniy va Bo‘stonsaroy ko‘chalarini hisobga olmaganda, boshqa yo‘llarga tuz va qum sepilmagani, yo‘llar qordan tozalanmagani shunday xulosa qilishga sabab bo‘ldi.

Keyinchalik muzlagan yo‘llarga tuz, qum sepildi. Lekin ishchilar, talaba va o‘quvchilarning asosiy qismi soat 8:00 gacha yo‘lga chiqib, o‘qish, ish joyiga yetib olishi zarur-ku?!

Yana bir holat. Samarqand shahrining Abdurahmon Jomiy ko‘chasida joylashgan 1-Davlat notarial idorasi yaqinida ichimlik suvi quvuri yorilib, ko‘chaning harakat qismidan “buloq” bo‘lib oqib yotibdi. Ammo mutasaddilar hali-beri quvurni ta’mirlashni xayollariga keltirmaydigan ko‘rinadi. Behuda oqayotgan suv kimning hisobiga yozilarkan?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют