» » Ostonada mast politsiyachi Porsche Cayenne avtomobilida Qozog‘iston prezidenti qarorgohi ustuniga borib urildi

Ostonada mast politsiyachi Porsche Cayenne avtomobilida Qozog‘iston prezidenti qarorgohi ustuniga borib urildi


Politsiyaning mast xodimi Porsche Cayenne avtomobilida Qozog‘iston prezidentining poytaxtdagi qarorgohi ustuniga borib urildi. Bu haqda Ostona ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

“17-yanvar kuni departament maxsus bataloni inspektori katta leytenant Imanbekov mast holatda Porsche Cayenne avtomobilini boshqarish davomida ‘Oq o‘rda’ qarorgohi ustuniga borib urilgan. Avariya chog‘ida mashina salonida uning egasi, ma’muriy politsiya maxsus bataloni vzvod komandiri kapitan Jumaahmedov ham bo‘lgan”, — deyiladi xabarda. 

Mazkur hodisadan so‘ng Jumaahmedov voqea joyidan yashirindi. Ostona ichki ishlar departamenti ichki xavfsizlik boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi boshlandi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют